Polşa hududiga noma’lum ob’ekt quladi (video)
Olam
−
13:24 235 2 daqiqa
Bugun, 20 noyabr kuni ertalab Polşa hududiga noma’lum ob’ekt tuşgan bölişi mumkin. Hozirda mamlakat havo hududi buzilgani ehtimoli tekşirilmoqda. Bu haqda “Niedziela” naşri xabar berdi.
Polşa Qurolli kuçlari Operativ qömondonligi matbuot kotibi, podpolkovnik Yasek Gorişevskiyning ma’lum qilişiça, ehtimoliy qoidabuzarliklar soat 06:30 dan keyin kuzatilgan. Harbiylar mamlakat havo hududining ikki marta buzilgan bölişi mumkinligini tekşirmoqda.
Radar tizimlaridagi ma’lumotlar Bilgoray okrugiga noma’lum ob’ekt tuşgan bölişi ehtimolini körsatgan. Gap Xmelek qişloği, Novi Lipovets aholi punkti yaqini haqida bormoqda. Mahalliy aholi ham bu haqda tegişli xizmatlarga xabar bergan.
Hozirda harbiylar ittifoqçilar va mahalliy aholidan ma’lumot töplamoqda. Hodisa joyiga dastlab politsiya va yonğin-qutqaruv xizmatlari yetib borişi, şuningdek, Polşa Hududiy mudofaa kuçlarining qidiruv-qutqaruv guruhi yuborilişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, Polşa Hukumat xavfsizlik markazi Lyublin va Podkarpat voyevodstvolarida havodan hujum xavfi haqida e’lon qilingan ogohlantirişni bekor qilgan. Aholiga yuborilgan xabarda mamlakat hududida hujum xavfi yöqligi ma’lum qilingan.

Avvalroq esa uşbu hududlardagi aholiga havodan hujum xavfi borligi haqida SMS-ogohlantiriş yuborilib, xavfsiz joyga ötiş va tegişli xizmatlar körsatmalariga amal qiliş söralgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gruziya poytaxti Tbilisidagi beş qavatli turar joy binolaridan birida portlaş yuz bergani haqida xabar berilgan edi.