Polşada motam e’lon qilindi
Olam
−
13:14 624 2 daqiqa
Polşaning Krakov şahrida keça, 7 noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujum oqibatida 6 kişi halok böldi, 17 kişi yaralandi. Voqeadan söng şaharda 8–11 noyabr kunlari motam e’lon qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, keça, 7 noyabr kuni Krakov markazidagi boş maydonda 24 yoşli Polşa fuqarosi avtomobilidan turib odamlarga qarata tartibsiz öq uzgan. Hujumçi AR-15 rusumli miltiqdan foydalangan. Politsiya xabar kelib tuşganidan uç daqiqa ötib voqea joyiga yetib borib, unga qarata öq uzgan va qölga olgan. Hozirda gumonlanuvçi politsiya hibsida, uning ahvoli barqaror, biroq öta oğir deb baholanmoqda.
Hujum oqibatida tört nafar ayol va ikki nafar erkak halok bölgan. 17 kişi, jumladan, ikki politsiya xodimi va hujumçining özi jarohatlangan. Halok bölganlardan biri Buyuk Britaniya fuqarosi ekani aniqlangan. Yaralangan xorijliklar orasida Avstriya, Germaniya, Portugaliya, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqarolari bor.
Polşa Içki işlar vaziri Marçin Kervinskiy hujumçi öta öng mafkura ta’sirida bölgan bölişi mumkinligini bildirdi. Uşbu ehtimol ham tergov doirasida örganilmoqda.
Bundan taşqari, mamlakat Boş vaziri Donald Tusk hujumçining Ostrovets-Sventokşiski şahridagi uyidan yana uç kişining jasadi topilganini ma’lum qildi. Ularning ikki nafari ayol, biri erkak bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ular hujumçining yaqin qarindoşlari bölişi mumkin. Uyda köplab qurol-yaroğ va öq-dorilar bölişi ehtimoli sababli hududda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.
Krakov meri Lukaş Gibala 8 noyabrdan 11 noyabrga qadar şahar hududida motam e’lon qildi. Şu munosabat bilan şahar ma’muriyati binolari, jamoat transporti vositalaridagi bayroqlar motam belgisi sifatida qora tasma bilan boğlandi yoki yarim tuşirildi. Şuningdek, şahar hokimligi, munitsipal taşkilotlar va kompaniyalar tomonidan taşkil etilişi rejalaştirilgan barça tadbirlar bekor qilindi.
Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy esa 8–9 noyabr kunlari mamlakat böylab milliy motam e’lon qilinişini bildirdi.
Polşa hukumati hujumçi qölga olinişi orqali bundan-da yirik qirğinning oldi olinganini ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Polşaning Krakov şahridagi Boş bozor maydonida otişma sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr