Saudiya Makkaga uçirilgan ikki raketani tutib qoldi
Olam
−
11:30 788 2 daqiqa
Keça, 11 noyabr kuni Saudiya Arabistonining havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib qolingan ikkita ballistik raketa parçasi Makkaga tuşdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Saudiya davlat televideniyesi raketa parçalari tuşgan joylar Makka şahridagi Masjidul Haramdan 35 kilometr şimoli-şarqda joylaşgan Sabuha qişloği hamda masjiddan 21 kilometr şarqda joylaşgan Vodiy al-Mağmas hududi ekanini ma’lum qilgan.
Saudiya fuqaro mudofaasi xizmati raketalar Makka viloyati tomon uçirilgani, biroq havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olinib, yöq qilinganini bildirgan.
Qayd etilişiça, husiylar Saudiya Arabistonining Makka va Madina şaharlarini nişonga olgani haqidagi ayblovlarni bir neça bor rad etgan. Ular harbiy amaliyotlari Saudiya hududidagi boşqa harbiy va strategik ob’ektlarga qaratilganini ta’kidlab keladi.
Saudiya Arabistoni esa husiylarning bu harakatlarini tinç aholi ob’ektlariga qarşi hujum sifatida baholab, xalqaro gumanitar huquqning qöpol buzilişi deb atagan.
Ma’lumot uçun, husiylar 2014 yilda Yamanning poytaxti Sanani egallagan. Şundan söng, 2015 yilda Saudiya Arabistoni xalqaro hamjamiyat tan olgan Yaman hukumatini qöllab-quvvatlaş uçun harbiy amaliyot boşlagan. 2022 yilda BMT vositaçiligida erişilgan sulh mojaroni asosan töxtatgan bölsa-da, joriy yil boşidan tomonlar örtasida hujumlar yana kuçaygan.
Sönggi keskinlaşuv Qizil dengiz va Adan körfazini boğlovçi muhim dengiz yöli – Bob al-Mandob böğozidagi xavfsizlikka ham tahdid solmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Makka şahri yaqinida Yamandagi husiylar tomonidan uçirilgan dronni tutib, yöq qilganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi