Husiylar Saudiyadagi yirik neft zavodiga zarba berdi
Olam
−
1568 3 daqiqa
Yamanning Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylari Saudiya Arabistonidagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodi – Ras-Tanuraga hujum qilganini ma’lum qildi. Şuningdek, ular poytaxt Ar-Riyoddagi moliyaviy hududga ham zarba berilganini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, husiylarning harbiy vakili Yahyo Sari Ras-Tanura zavodiga qilingan hujum oqibatida yonğinlar kelib çiqqanini bildirgan. Zavod Saudiya Arabistonining Fors körfazi sohilida joylaşgan bölib, mamlakat xom neftini eksport qilişda muhim ahamiyatga ega bölgan yirik majmua tarkibiga kiradi.
“Reuters” xabarida qayd etilişiça, hujum zavod atrofida katta hududni qamrab olgan. Agentlik bilan suhbatlaşgan vaziyatdan xabardor manba ham neftni qayta işlaş majmuasiga hujum qilinganini tasdiqlagan. NASA va Planet Labs sun’iy yöldoş tasvirlarida zavod ustida qalin qora tutun kötarilgani aks etgan. Saudiya hukumati va davlatga tegişli Aramco neft kompaniyasi esa hodisa yuzasidan izoh bermagan.
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya şu kuni mamlakatning Şarqiy viloyatida joylaşgan Ras-Tanura hududida havo mudofaasi tizimlari törtta dronni aniqlab, yöq qilganini ma’lum qilgan. Biroq koalitsiya zavodning öziga zarba berilganini tasdiqlamagan.
Kuniga 550 ming barrel neftni qayta işlaş quvvatiga ega Ras-Tanura majmuasi avval ham husiylar bilan mojaro va keng kölamli Eron uruşi davomida hujumlarga uçragan. U Saudiya Arabistonining Fors körfazi sohilidagi asosiy neft eksport markazlaridan biri hisoblanadi. Biroq AQŞ va Eron örtasidagi uruşdan keyin mamlakatning ğarbiy sohilidagi Yanbu portining ahamiyati ortgan. U yerga neft Şarq – Ğarb quvuri orqali yetkaziladi.
Husiylar Yamanning ğarbiy qismi, jumladan, poytaxt Sano ustidan nazorat örnatgan. Guruh iyul oyida Yamanda muzlatilgan fuqarolar uruşi qayta avj olganidan beri Saudiya Arabistoni aeroportlari, neft infratuzilmasi va ofis binolariga hujum qilib kelmoqda. Bu jarayon AQŞ va Eron örtasidagi uruşning Yamanga ta’siri bilan boğliq.
Avvalgi hujumlar Aramco kompaniyasining ayrim operatsiyalarini vaqtinça töxtatişga, şuningdek, Ar-Riyodga xalqaro aviaqatnovlarning aksariyati bekor qilinişiga sabab bölgan. Saudiya Arabistoni futbol böyiça Osiyo kubogi va FII xalqaro investitsiya konferensiyasi kabi yirik tadbirlarni ham qoldirişga yoki bekor qilişga majbur bölgan.
Koalitsiya 25 noyabr kuni keçqurun husiylar tomonidan Qizil dengiz sohilidagi Jazan portiga uçirilgan snaryad tuşganini ham ma’lum qildi. Hodisa oqibatida kiçik miqdorda zarar yetgan, ammo tinç aholi vakillari jabrlanmagan. Husiylar esa Jidda va Jazan portlariga ham hujum qilganini bildirgan. Biroq Jidda portiga zarba berilgani hozirça tasdiqlanmagan.
Saudiya Arabistoni va husiylar örtasidagi töqnaşuvlar guruh sentyabr oyida Yamanning Qizil dengiz sohilidagi strategik hududlarni egallab, Bob al-Mandab böğozi tomon harakatlanganidan keyin yanada kuçaygan. Mazkur böğoz Arabiston yarimorolining boşqa tomonida joylaşgan Hurmuz böğozi kabi jahon neft taşuvlari uçun muhim dengiz yöllaridan biri hisoblanadi.
Husiylarning harbiy vakili Yahyo Sari, şuningdek, Ar-Riyodning moliyaviy hududiga uç bosqiçda hujum qilinganini aytgan. Saudiya fuqaro mudofaasi xizmati esa 24 noyabr kuni poytaxtdagi moliyaviy hududda joylaşgan binoga zarba berilişi oqibatida 11 kişi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Zarba berilgan minora mamlakatning suveren investitsiya jamğarmasi – Public Investment Fund boş qarorgohini ham öz içiga oladi. Bu bir hafta içida mazkur binoga ikkinçi hujum bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podşoh Xolid xalqaro aeroporti va moliyaviy markazga ikkita ballistik raketa uçirganligi haqida xbar berilgan edi. Hujum oqibatida Ar-Riyod moliya markazidagi binoning bir neça qavati va uning atrofidagi binolarga moddiy zarar yetgan. Biroq hodisa oqibatida heç kim jarohatlanmagan.
Live
Barçasi