Saudiya Makka osmonida husiylar dronini yöq qildi

Olam

−

image

Bugun, 30 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Makka şahri yaqinida Yamandagi husiylar tomonidan uçirilgan dronni tutib, yöq qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Saudiya boşçiligidagi koalitsiya vakili general-mayor Turkiy al-Molikiyning aytişiça, dron Makka şahri atrofida uşlab qolingan. Makka Islom dinining eng muqaddas şahri bölib, u yerga har yili millionlab ziyoratçilar boradi.

Biroq husiylar harbiy vakili Yahyo Sari Makkaga hujum uyuştirilganini rad etgan. Uning aytişiça, guruhning harbiy amaliyotlari Saudiya Arabistonining neft ob’ektlari va harbiy bazalariga qaratilgan.

Qayd etilişiça, Saudiya Arabistoni avval ham Makka va Madina tomon yönaltirilgan raketa hamda dronlarni tutib qolganini bildirgan. Husiylar esa har ikki şaharni nişonga olganini bir neça bor inkor etgan.

Ma’lumot uçun, bugun, 30 oktyabr kuni Hormuz böğozida ham tankerga hujum sodir bölgan. Buyuk Britaniya dengiz savdo operatsiyalari boşqarmasi ma’lumotiga köra, kiçik qayiqdagi şaxslar tanker korpusiga ikkita portlovçi moslama örnatgan. Portlaş oqibatida kema dvigatellar bölimida yonğin çiqqan. Ekipaj a’zolari jabrlanmagan, atrof-muhitga zarar yetmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan husiylar harakati Saudiya Arabistonidagi neft inşootlari, aeroportlar va harbiy ob’ektga qarşi oltita hujum amalga oşirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing