Husiylar Saudiyadagi neft inşootlari va aeroportlarga hujum uyuştirdi

Olam

−

image

Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan husiylar harakati Saudiya Arabistonidagi neft inşootlari, aeroportlar va harbiy ob’ektga qarşi oltita hujum amalga oşirganini ma’lum qildi. Bu haqda harakat vakili Yahyo Sari keça, 29 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.

Qayd etilişiça, husiylar “Ras-Tanura” neftni qayta işlaş zavodiga ballistik raketa, Abqayq şahridagi “Saudi Aramco” ob’ektiga raketa bilan zarba bergan. Şuningdek, Ar-Riyoddagi “Podşoh Xolid” xalqaro aeroportiga bir neçta raketa, Dammomdagi “Podşoh Fahd” xalqaro aeroportiga esa dron orqali hujum uyuştirilgan.

Bundan taşqari, “Rabiğ” neftni qayta işlaş zavodi ballistik raketa bilan nişonga olingan. Najron mintaqasidagi Saudiya Arabistoni harbiy ob’ektiga ham hujum qilingan.

Yahyo Sarining da’vo qilişiça, “Dammom” aeroportiga dron orqali uyuştirilgan hujum havo qatnovining izdan çiqişiga sabab bölgan. Najron mintaqasidagi hujum oqibatida esa Saudiya harbiy xizmatçilari va ofitserlari halok bölgan hamda yaralangan.

Husiylar Saudiya Arabistonining özlari “tajovuz” deb atayotgan harakatlari va Yamanga nisbatan blokada bekor qilinmagunça, mamlakat içkarisidagi nişonlarga qarşi harbiy amaliyotlarni davom ettirişini bildirgan.

Biroq hozirça husiylarning hujumlar haqidagi da’volari rasmiylar tomonidan tasdiqlanmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Ansorulloh” (husiylar) harakati Yamanning vaqtinçalik poytaxti vazifasini bajarayotgan Adan şahridagi “Al-Maaşiq” saroyiga hujum qilgan edi.

Jasmina Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing