Polşada topilgan özbekistonlik jangçining medali Özbekistonga qaytariladi

O‘zbekiston

−

visibility1537 timer1 daqiqa

image

Polşada Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan özbekistonlik harbiy xizmatçi Urun Basar Kuzdayevga tegişli “Jasorati uçun” medali topildi. Tarixiy mukofot Özbekistonga qaytarilib, mamlakatdagi muzeylardan biriga topşiriladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, medal Polşa hududida olib borilgan eksgumatsiya işlari davomida aniqlangan. U 1925 yilda tuğilgan Kuzdayev Urun Basarga tegişli ekani ma’lum bölgan.

Bugun, 24 noyabr kuni Özbekistonning Polşadagi elçixonasi diplomatlari Polşa Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojena Jelazovska bilan uçraşgan. Unda Mazoviya voyevodaligi yodgorliklarni muhofaza qiliş idorasi, Polşa Qizil Xoç taşkiloti va boşqa muassasalar vakillari ham qatnaşgan.

Uçraşuv davomida medalni Özbekiston tomoniga tantanali topşiriş marosimi ötkazilgan. Kelişuvga köra, mukofot Özbekiston Madaniyat vazirligi orqali mamlakatdagi tegişli muzeylardan biriga yuboriladi.

Şuningdek, uçraşuvda ikki mamlakatning madaniy merosni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorligini rivojlantiriş va tegişli taşkilotlar örtasida tajriba almaşiş masalalari ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing