AQŞ Mudofaa vaziriga tanbeh bergan harbiyga medal topşirildi

Olam

−

image

AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset Arlington milliy qabristonidagi Noma’lum askar maqbarasi oldida uni va yordamçilarini tartibga çaqirib, tanbeh bergan harbiy xizmatçiga medal topşirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Avvalroq, voqea Faxriylar kuniga bağişlangan marosimdan söng yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Xegset, uning rafiqasi va yordamçilari yodgorlik zinapoyasida suratga tuşib, özaro suhbatlaşgan. Bu vaqtda maqbarada navbatçilik qilayotgan AQŞ armiyasi harbiysi Tomas Iglesias ularga baland ovozda tanbeh bergan.

“Barça taşrif buyuruvçilar doimo sukut va hurmat muhitini saqlaşi şart”, deb ogohlantirgan harbiy.

Uşbu holat aks etgan video internetda keng tarqaldi. Keça, 12 noyabr kuni esa Xegset AQŞ armiyasining 3-piyoda polki — “Eski gvardiya” safida xizmat qiluvçi mutaxassis Tomas Iglesiasga medal topşirgan. Vazir mukofot topşiriş jarayonidan suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilib,

“Biz askarlarni yaxşi köramiz. Biz tartib-qoidalarni qadrlaymiz. Barakalla, mutaxassis. Xizmatda davom et”, deb yozgan.

Noma’lum askar maqbarasida uç nafar noma’lum amerikalik harbiy xizmatçi, jumladan, Birinçi jahon uruşi qatnaşçisi dafn etilgan. Uşbu maskan sutka davomida harbiylar tomonidan qöriqlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini bilan uçraşuv oldidan ötkazilgan rasmiy kutib oliş marosimida tantanali libosdagi ikki nafar harbiy birin-ketin huşidan ketib, yerga yiqilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing