Para Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston kun doirasida 25 ta medal oldi
Sport
−
19:08 544 1 daqiqa
Bugun, 23 oktyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlari mezbonligidagi V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 5-kuni bo‘lib o‘tdi. Kun doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi 25 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning to‘rtinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilari V yozgi Para Osiyo o‘yinlarida sportning 6 turi bo‘yicha bahslarga kirishdi. Para yengil atletika, para veloshosse, para og‘ir atletika, para o‘q otish, para suzish va para qilichbozlik kabi sport turlarida bellashuvlarda sportchilar jami 25 ta medal – 7 ta oltin, 8 kumush va 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi umumiy medallari soni 145 taga yetdi.
Ayni vaqtda musobaqada Xitoy delegatsiyasi 427 ta medal (204 ta oltin, 115 ta kumush va 108 ta bronza) bilan peshqadamlik qilmoqda. Yaponiya delegatsiyasi 185 ta medal (63 ta oltin, 60 ta kumush, 62 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa 145 ta medal (45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza) bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Musobaqalar joriy yilning 24 oktyabrga qadar davom etadi.
Live
Barchasi