AQŞ Mudofaa vaziri qabr oldida kulgani uçun askardan tanbeh eşitdi
Olam
−
09:45 1625 2 daqiqa
AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset va uning jamoasi Arlington milliy qabristonidagi Noma’lum askar qabri oldida suratga tuşayotganida kulgani uçun ularni qöriqlayotgan askardan tanbeh eşitdi. Harbiy xizmatçi ulardan bu joyda sukunat va hurmat saqlaşni talab qildi. Bu haqda “Associated Press“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea keça, 11 noyabr kuni Faxriylar kuniga bağişlangan marosimdan söng yuz bergan. Xegset qabr oldidagi zinapoyalarda rafiqasi Jennifer Rauşe va öz jamoasi a’zolari bilan suratga tuşgan. Guruh suratga olişni yakunlayotganida baland kulgi eşitilgan.
Şundan söng qabrni qöriqlayotgan askar ularga qarata:
“Barça taşrif buyuruvçilar doimo sukunat va hurmat muhitini saqlaşi şart”, deb murojaat qilgan.
Pentagon matbuot kotibi Şon Parnell askarning harakatini töğri deb baholagan. Uning aytişiça, harbiy xizmatçi barçaga xotira marosimida odob saqlaş kerakligini hurmat bilan eslatgan. Şuningdek, u Xegset va Mudofaa vazirligi harbiylarning fidoyiligini doimo qadrlaşini ta’kidlagan.
Ma’lumot uçun, Noma’lum askar qabri AQŞdagi eng muqaddas harbiy yodgorliklardan biri hisoblanadi. Bu yerda Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlari, şuningdek, Koreya uruşida halok bölgan, şaxsi aniqlanmagan askarlar dafn etilgan. Qabr 1948 yildan buyon keçayu kunduz qöriqlanadi.
E’tiborlisi, bu voqea Xegset Kongressdagi impiçment taşabbusidan arang qutulganidan bir kun ötib yuz bergan. Mazkur taşabbusga respublikaçi kongressmen Tomas Massi boşçilik qilgan, uni demokratlar ham qöllab-quvvatlagan. Joriy yilning 10 noyabr kuni bölib ötgan ovoz berişda Xegsetga qarşi taşabbus muvaffaqiyatsizlikka uçragan.
Arlingtondagi voqeadan keyin demokratik kongressmen Gven Mur ham vazirni tanqid qilgan. Uning fikriça, Xegsetning xatti-harakatlari harbiy xizmatçilarga va Noma’lum askar qabri muqaddasligiga hurmatsizlikni körsatgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan uruş fonida öq-dorilar tanqisligi sababli Pentagon rahbari Pit Xegsetdan tuşuntiriş berişni talab qilgandi.
Live
Barchasi