Tojikiston muftiysi askarlarni bir-birini kamsitmaslikka chaqirdi

Olam

−

image

Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda harbiy xizmatchilarni xizmat davomida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Ulamolar kengashi raisi bu haqda joriy yilning 20 oktyabr kuni DXX Chegara qo‘shinlarining “Poytaxt” o‘quv markazida chegarachilar va yangi chaqirilgan askarlar bilan uchrashuvda gapirdi.

Markaz Dushanbe shahrining Firdavsiy tumanida joylashgan. 

“Hech kimni xafa qilmang, aksincha, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang”, deya askarlarga murojaat qilgan muftiy. 

U o‘zaro yordamni oriyat, qadr-qimmat va musulmoncha axloqning namoyon bo‘lishi, deb atagan.

Ulamolar kengashi xabariga ko‘ra, Abduqodirzoda mamlakat chegaralarini himoya qilishning muhimligi hamda xalq va davlat oldidagi mas’uliyat haqida ham gapirgan. U harbiy xizmatchilarni o‘z burchlarini halol bajarishga, intizomga rioya qilishga, to‘g‘riso‘z bo‘lishga, bir-birini hurmat qilishga, sabr-toqat ko‘rsatishga va Islomning axloqiy normalariga amal qilishga chaqirgan.

“Asia-plus” nashrining yozishicha, askarlarni kamsitish, xususan, xizmat muddati ko‘proq bo‘lgan askarlar tomonidan yangi kelganlarni tahqirlash va kaltaklash (“dedovina”) ko‘p yillardan beri Tojikiston armiyasi va harbiy qismlaridagi muammo bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, rasmiylar bu kabi holatlar mavjudligini tan olishi hamisha ham kuzatilmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing