Yana bir Markaziy Osiyo davlati Rossiya bilan AES qurişi mumkin

Olam

−

visibility9771 timer2 daqiqa

image

Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma hamda Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi boş direktori örinbosari Dmitriy Konstantinov Duşanbeda bölib ötgan uçraşuvda respublikada kiçik atom elektr stansiyalari (AES) quriş imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston Energetika vazirligi xabar berdi. 

“Suhbat çoğida tomonlar energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyiş, jumladan, Tojikiston Respublikasida kiçik atom elektr stansiyalarini quriş imkoniyatlarini örganiş masalalarini körib çiqdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, uçraşuvda tomonlar “texnik, iqtisodiy va ekologik imkoniyatlarni, şuningdek, xavfsizlikni ta’minlaş va soha mutaxassislarini tayyorlaş masalalarini har tomonlama örganiş” zarurligi yuzasidan ham fikr almaşgan. 

“Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar muloqotni davom ettirişga hamda özaro manfaatli yönalişlar böyiça foydali hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqişga tayyor ekanliklarini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, 2025 yilning mart oyida “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçyov “Izvestiya” naşriga bergan izohida Tojikistonda Rossiya AESini quriş istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan, respublika uşbu taklifni örganayotganini va loyiha muzokaralarning dastlabki bosqiçida ekanini aytgan. 

Joriy yilning yanvar oyida Juma matbuot anjumanida TASS savoliga javob berib, gidroenergetika sohasida katta salohiyatga ega bölgan Tojikiston atom energetikasini rivojlantirişni ham dolzarb deb hisoblaşini va özi uçun bunday imkoniyatni istisno etmasligini bildirgan.

Respublika Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, Tojikistonda elektr energiyasining qariyb 98 foizi gidroelektr stansiyalar tomonidan işlab çiqariladi, şu bilan birga mamlakatda elektr energiyasi generatsiyasi manbalarini diversifikatsiya qiliş maqsadida quyoş va şamol elektr stansiyalari sonini oşiriş rejalari mavjud. Umuman olganda, respublikaning gidroenergetika salohiyati yiliga 527 milliard kVt-soatdan ortiq baholanmoqda, bu esa Markaziy Osiyoning hozirgi ehtiyojlaridan ança yuqori.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing