Hamroyev oltin medalni qanday qaytarib olganini aytdi

Sport

−

image

Apellyatsiyasidan keyin oltin medali qaytarilgan o‘zbekistonlik paraatlet Faxriddin Hamroyev qonunni bilmaganligi sababli raqibi uni ustidan shikoyat qilganini va shu sababli ham oltin medalini qaytarib olganini aytdi.

Faxriddin Hamroyev Aychi-Nagoyada o‘tkazilayotgan musobaqada T13 klassida 1500 metrga yugurish bahsida barcha raqiblarini ortda qoldirib, marraga birinchi bo‘lib yetib borgan va oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Biroq musobaqadan keyin iordaniyalik sportchi hakamlarga shikoyat bilan murojaat qilgan. U Hamroyev o‘zini itarib yuborgani va yugurishiga xalaqit berganini da’vo qilgan. Shikoyat qanoatlantirilgach, o‘zbekistonlik atletning natijasi bekor qilinib, u diskvalifikatsiya qilingan.

“Tasavvur qiling, marraga birinchi yetib kelyapsiz va oltinsiz qolyapsiz. Finish chizig‘iga 150 metr qolganda iordaniyalik raqibimdan o‘tib ketdim. Men birinchi, u ikkinchi kirdi va shunday shikoyat qildi, ustimdan apellyatsiya berib, ya’ni o‘tib ketganimda uni men urib, yo‘lini to‘sib ketgan ekanman. Qonunni bilmaganligi sababli, bizning mutaxassislarimiz, delegatsiyamizdan kelgan rahbarlarimiz kirib, qayta apellyatsiya berib, qonunni ko‘rsatib, isbotlab berishdi va uni xatoligini o‘ziga aytib, meni oltin medalimni qaytarib berdi va men muhim bo‘lgan 30-oltin medalni O‘zbekistonga taqdim etganimdan xursandman. Bu borada hammamizni qo‘llab-quvvatlab turgan delegatsiyamiz, qo‘llab-quvvatlashga kelgan boshqa rahbariyatlarga, hammasiga rahmat aytamiz”, deydi Hamroyev.

O‘zbekiston delegatsiyasining mas’ul vakillari apellyatsiya shikoyatini bergandan so‘ng Xalqaro paraatletika nazorat komissiyasi musobaqa videoyozuvini qayta ko‘rib chiqqan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Hamroyev raqibiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etmagan, deb topilgan va oltin medal qaytarilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing