Özbekiston Para Osiyo öyinlarini 145 ta medal bilan yakunladi (video)

Sport

−

image

Keça, 24 oktyabr kuni Yaponiyada Ayçi-Nagoya şaharlari mezbonligidagi V yozgi Para Osiyo öyinlarining yopiliş marosimi bölib ötdi. Unda umumjamoa hisobida uçinçi örinni egallagan Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etdi.

Özbekistonlik sportçilar musobaqada jami 145 ta medal – 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medalini qölga kiritdi. Natijada delegatsiya Xitoy va Yaponiyadan keyin uçinçi örinni egalladi. Bu Özbekistonning Para Osiyo öyinlaridagi tarixiy eng yaxşi natijasi böldi.

Musobaqada sportçilar jahon va Osiyo rekordlarini yangilaş bilan birga, Para Osiyo öyinlari rekordlarini ham örnatişdi. Delegatsiya tarkibidagi 15 yoşli Boburbek Toştemirov esa musobaqaning eng yoş çempioni sifatida tarixga kirdi.

Özbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi böyiça 149 nafar sportçi bilan iştirok etdi.

Taqqoslaş uçun, özbekistonlik sportçilar 2023 yilda Xançjouda ötkazilgan Para Osiyo öyinlarida 79 ta medal – 25 ta oltin, 24 ta kumuş va 30 ta bronza medalini qölga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing