Navalniyning sog‘ligi boshqa davlatlarni qiziqtirmasin – Kreml AQSHga javob qaytardi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq AQSH Navalniy qamoqxonada vafot etsa, Rossiyani yomon oqibatlar kutayotganini ma’lum qilgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi hududidagi mahkumlar va mahbuslar sog‘ligining holati boshqa davlatlarning manfaatlari uchun mavzu bo‘lishi mumkin emas va bo‘lmasligi kerak.

“Kreml AQSH rasmiylarining tahdidlarini hech qanday tarzda qabul qilmaydi”, deydi Putinning kanvoyisi.

Peskov, shuningdek, agar AQSH sanksiya bosimini davom ettirsa, Rossiya ham javob choralarini qo‘llashda davom etishini aytdi.

“Bu yerda o‘zaro munosabat prinsipi mutlaq doimiydir. Va o‘zaro munosabat asosida qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlar kelgusida ham qabul qilinadi. Har safar bunday sanksiyalar amaliyoti davom etadigan bo‘lsa, AQSHga nisbatan, albatta, tegishli choralar ko‘riladi”, deydi Kreml vakili.

Navalniy bilan bog‘liq vaziyat 

Eslatib o‘tamiz, Putinning davlat mablag‘i asosida o‘zi uchun saroy qurdirganini da’vo qilib chiqqan Navalniy Germaniyadan qaytgan zahoti aeroportda hibsga olinib, keyinchalik 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Shundan so‘ng, uni vatanparvar muxolifatchi, deb bilgan omma namoyishlar uyushtirdi. Navalniy bir necha bor ochlik e’lon qildi, yaqinlari va advokatlari uning qamoqda qiynoqqa solinayotgani va sog‘ligi yomonlashganini aytib chiqdi

Ozodlikka erishish uchun turli yo‘llarni qo‘llab ko‘rayotgan Navalniy o‘tgan hafta Qur’on kitobini bermagani uchun koloniya rahbarini sudga berdi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov esa buni provokatsiya deb atadi.

Hozirda Navalniy jamoasi o‘zi faoliyatini davom ettirmoqda va yaqinda eski mavzu bo‘yicha yangi surishtiruv e’lon qildi.

Shuningdek, Rossiya prokurorlari tomonidan Navalniyning faoliyatini “ekstremistik” deb baholash taklif qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing