“Bu islomofob Qur’ondan siyosiy maqsadda foydalanmoqchi”. Qodirov Navalniyni tanqid qildi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Qur’onni tilga olgani sababli muxolifatchi Aleksey Navalniyni tanqid qildi. Bu haqda Qodirov o‘z Telegram kanalida yozdi.

Qodirovning yozishicha, Navalniy hijob kiygan muslima ayollarni “o‘rta asr yovvoyilari”, deb atab, masjidlar qurilishiga qarshi chiqqan. 

“Bu islomofob muqaddas kitobdan o‘z siyosiy maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi va albatta, provokatsiya uchun ishlatmoqchi. Bu usulni Yevropada ancha ilgari o‘rganishgan. Qur’on uning iflos qo‘llari bilan teginishiga izn beriladigan kitob emas”, deb yozadi Checheniston rahbari.

Bundan tashqari, Qodirov Navalniyning to‘g‘ri yo‘lga tushish istagiga shubha bildirdi. Uning fikricha, Navalniyning turmush tarzi va qarashlarining dinga umuman aloqasi yo‘q. Checheniston rahbari koloniya xodimlaridan mahbusning konfessiyalararo adovat qo‘zg‘ashiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksey Navalniy o‘zi hibsda bo‘lib turgan Vladimir viloyatidagi 2-axloq tuzatish koloniyasini unga Qur’on kitobini o‘qishga yo‘l qo‘ymagani uchun sudga bergandi.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing