Navalniy oyoqqa turolmaydigan darajada kasalligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi koloniyada bo‘lib turgan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning sog‘lig‘i juda yomonlashgani aytildi. Bu haqda uning advokati Vadim Kobzyov ma’lum qilgan.  

"Ha, haqiqatan ham Navalniyning sog‘lig‘i yomonlashdi. O‘tgan haftaning oxiridan boshlab Aleksey kuchli bel og‘rig‘ini boshdan kechirmoqda, u oyoqqa turolmaydi", degan advokat "Interfaks" nashriga. 

Kobzyov tibbiy yordam sifatida Navalniyga og‘riq qoldiruvchi vositalar berilganini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2 fevral kuni Moskvaning Simonovskiy sudi Federal jazoni ijro etish xizmati Moskva departamentining iltimosiga binoan Navalniyning "Iv Roshe" ishi bo‘yicha shartli jazosini umumiy rejimdagi koloniyada 3,5 yillik qamoq jazosiga almashtirdi. 20 fevral kuni Moskva shahar sudi ushbu qarorni tasdiqladi. Mart o‘rtalarida Navalniy tergov izolyatoridan Vladimir viloyatidagi Pokrov shahrida joylashgan axloq tuzatish koloniyasiga "Iv Roshe" ishi bo‘yicha jazoni o‘tash uchun olib ketilgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Naval'niy

Baholaganlar

605

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing