Kanada Navalniyning qoni uchun o‘ch olishda davom etmoqda
Olam
−
19 iyun
9725Kanada rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksandr Navalniyga yomon munosabatda bo‘lgan va uning o‘limiga aloqador Rossiyaning 13 nafar yuqori martabali huquq-tartibot organlari amaldorlariga nisbatan yangi cheklovlar joriy qildi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
Hukumatga ko‘ra, ushbu cheklovlar Rossiyada sodir etilgan inson huquqlarining qo‘pol va muntazam ravishda buzilishiga javoban belgilangan.
“Kommersant” gazetasining qayd etishicha, Kanada Tashqi ishlar vazirligi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq maxsus choralar to‘g‘risidagi nizomda 111 kishini sanab o‘tgan. E’lon qilingan so‘nggi 13 ta ism orasida esa Federal Jazoni ijro etish xizmatining to‘rt nafar vakili, uchta prokuror, uchta sudya, ikkita tergovchi va Navalniy qamoqqa olingan axloq tuzatish koloniyasining rahbari bor.
“Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalar uning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini jiddiy buzishi, shuningdek, Rossiyada sodir etilgan inson huquqlarining mensilmasligiga javoban “Iqtisodiy maxsus choralar to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq kiritildi”, deyiladi Kanada hukumatining hujjatida.
Sanksiya qoidalari aktivlarni muzlatish va cheklov joriy etilgan shaxslar uchun xizmatlarni taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Xususan, ular har qanday mulk orqali operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq har qanday turdagi moliyaviy yoki boshqa tegishli xizmatlarni ko‘rsatish, tovarlarni taqdim etish hamda moliyaviy yoki tegishli xizmatlarni ko‘rsatishni cheklashdan iboratdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya Putinni prezident sifatida tan olmaslikka chaqirgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi