Navalniy qamoqxonada zaharlab o‘ldirilgan – OAV
Olam
−
30 Sentabr
6005Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy qamoqxonada zaharlab o‘ldirilgan. Bu haqda “Thye Insider” nashri xabar berdi.
Navalniyning o‘limi bilan bog‘liq yangi da’voda uni o‘ldirish uchun 1971-1993 yillarda Sovet Ittifoqi va Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan “Novichok” gazidan foydalanilgani aytilmoqda.
Ayrim hujjatlarda yozilishicha, 16 fevral kuni bog‘da mashq qilgan Navalniyning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashgan. Uning qorni to‘satdan og‘rib qolgan, qusgan va hushini yo‘qotgan. Mahbusning ahvoli haqida darhol qamoqxonaning tibbiyot xodimlariga ma’lum qilingan.
Qolaversa, Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya ham erining o‘limi oldidan qornidagi qattiq og‘riqdan shikoyat qilganini ta’kidlagan.
Shuningdek, qamoqxonaning tibbiyot xodimlari ushbu voqea bilan bog‘liq hujjatlarni o‘zgartirganlikda gumonlanmoqda. Chunki Navalniyning o‘limi bilan bog‘liq dastlabki hujjatlarda uning qorin og‘rig‘i, qusish va talvasalardan shikoyat qilgani qayd etilmagan.
“Mashg‘ulotdan keyin u kasal bo‘lib, hushini yo‘qotdi, shifokorlarning barcha harakatlariga qaramay, uni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi”, deb ta’kidlagan qamoqxona rahbariyati.
Navalniyni davolagan shifokor Aleksandr Polupan esa o‘lim sababi yurak ritmi buzilishi ekani, qorin og‘rig‘i yoki qusish kabi alomatlarning o‘lim bilan bog‘liq emasligini aytdi.
Ma’lumot uchun, “Navichok” gazidan zaharlanganda, mushaklarning kramplari va kuchli mikrospazmlari tufayli qattiq og‘riq yuzaga keladi. Agar zaharlangan odamga o‘z vaqtida yordam berilmasa, u tezda hushini yo‘qotadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 100 dan ortiq shifokorlar jinoiy ish qo‘zg‘atilishini va Yamalo-Nenetskiy avtonom okrugida joylashgan koloniyadagi muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limiga aloqador Federal jazoni ijro etish xizmati xodimlarini javobgarlikka tortishni talab qilgandi.
Maryam Choriyeva
LiveBarchasi