Moskvaga navbatdagi dron hujumi: aeroportlarning faoliyati vaqtincha cheklandi

Olam

image

Bugun, 21 avgust kuni ertalab Moskva viloyatida ikkita dron urib tushirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, birinchi hodisa Moskva vaqti bilan 6:50 da sodir bo‘lgan. Dron Pokrovskoye qishlog‘i yaqinida halokatga uchragan.

Shundan so‘ng, xavfsizlik nuqtai nazaridan Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida uchish va kelishga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilingan. 

Ikkinchi hujum soat 8:16 da sodir bo‘lgan. Uchuvchisiz samolyot Moskva viloyatining Istra tumanida urib tushirilgan.

Moskva shahri meri Sergey Sobyanin hodisa oqibatida hech qanday vayronagarchilik va jabrlanganlar yo‘qligini aytgan.

“Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvaga yaqinlashayotganda dronni urib tushirdi, hech qanday vayronagarchilik va jabrlanganlar yo‘q”, degandi poytaxt meri o‘zining Telegram-kanalida.

Ma’lumot uchun, kecha, 20 avgust kuni ham janubiy yo‘nalishda uchuvchisiz samolyot Moskvaga uchishga harakat qilingan va u Stupinskiy tumani hududidan havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan to‘xtatilgan. Mudofaa vazirligi qurbonlar va talofatlar yo‘qligini ma’lum qilgan. O‘shanda ham Moskvaning Domodedovo va Vnukovo aeroportlari vaqtincha samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishni to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, 1, 6, 9, 10, 11 va 18 avgust kunlari ham uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujumlar uyushtirilgandi. Kecha, 20 avgust kuni esa Rossiyaning Kursk viloyatidagi temiryo‘l vokzaliga dron qulagandi. Oqibatda besh kishi jarohat oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing