Moskva Kiyevning YeIga qo‘shilishiga bor kuchi bilan javob berishga tayyor – Rossiya TIV

Olam

image

Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishining Rossiya xavfsizligi uchun ta’siri Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishi bilan yuzaga keladigan xatar bilan teng bo‘ladi. Bu haqda Rossiya TIV Yevropa hamkorlik departamenti (DOS) direktori Nikolay Kobrinets

Diplomat Moskva voqealarning bunday rivojlanishiga “bor imkoniyati bilan” javob berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qarama-qarshilik tufayli Yevropa Ittifoqini NATOdan ajratish qiyin va qaysidir ma’noda alyansdan “o‘zib ham ketgan”.

Yevropa Ittifoqi AQSH bilan birgalikda boshqa davlatlarni Rossiya va G‘arb o‘rtasida tanlov qilishga majbur qilmoqda va shantajdan foydalanib, ularni Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etishga majbur qilmoqda, deydi u.

“Bunday sharoitda ular qo‘shni Ukrainani NATO yoki Yevropa Ittifoqiga qo‘shib olishga urinishlari o‘rtasida umuman sezilarli farq yo‘qligi aniq. Bu, aslida, bir xil Rossiyaga qarshi “medalning” ikki tomoni”, deydi Kobrinets.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing