Mirziyoyev Koshta va fon der Lyayenga “Boqiy shahar”ni ko‘rsatdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bugun, 3 aprel kuni Samarqand Xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

“Mehmonlarga xalqimizning betakror badiiy, hunarmandlik va musiqiy madaniyati namoyish etildi”, deyiladi xabarda.  

Kecha, 2 aprel kuni "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi oliy darajadagi sammitda qatnashish uchun Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgandi. Mirziyoyev kecha, 2 aprel kuni kechqurun Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan, bugun, 3 aprelda esa Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularning huzurida Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Yevropa muzokaralari yakunida birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mirziyoyev, Koshta va fon der Lyayen Samarqand shahridagi Kongress markazi xiyobonida ikki tup eman ekdi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi Ursula fon der Lyayen Antoniu Koshta Samarqand sammiti Boqiy shahar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing