Xitoy Yevropa sanoatini yo‘q qilsa, yutqazadi – Fransiya vaziri
Olam
−
23 may 1862 2 daqiqa
Fransiya Tashqi savdo vaziri Nikolya Forisse Xitoy Yevropa sanoati va bozoriga zarar yetkazish orqali hech qanday foyda ko‘rmasligini bildirdi. Bu haqda “Euronews” xabar qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tashqi savdodagi nomutanosibliklarga munosabatda soddalikdan voz kechishi va savdo munosabatlariga bosim vositasi sifatida yondashadigan barcha davlatlarga nisbatan yondashuvini o‘zgartirishi kerak.
“Xitoyliklar shuni tushunishi kerakki, agar ular Yevropa sanoatini, keyin esa o‘zlari uchun muhim bo‘lgan Yevropa bozorini yo‘q qilsa, bundan hech narsa yutmaydi”, degan Forisse.
Uning aytishicha, endi faqat Xitoyga emas, balki tashqi savdo va iqtisodiy qaramlikdan bosim vositasi sifatida foydalanadigan barcha mamlakatlarga nisbatan yondashuv o‘zgarmoqda.
“Bu faqat Xitoy masalasi emas. Bu barcha davlatlarga tegishli”, degan u.
Forissening bayonoti Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muhim muhokamalar oldidan yangradi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi kimyo sanoati kabi strategik sohalarga qo‘shimcha bojlar joriy etish, yoki dempingga qarshi hamda subsidiyalarga qarshi choralar orqali import narxlarini tartibga solish masalasini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
Xitoy esa Yevropa Ittifoqi xitoy mahsulotlariga cheklov kiritsa, qarshi choralar ko‘rishidan ogohlantirgan. Forisse Pekin bilan ochiq muloqot muhimligini ham ta’kidlagan. Uning aytishicha, Fransiya va Xitoy o‘rtasida o‘ziga xos munosabatlar mavjud bo‘lib, ular muzokara va o‘zaro hurmatni talab qiladi.
“Biz xitoyliklarni hurmat qilishga harakat qilamiz. Ular ham bizni hurmat qilishi kerak. Yevropa institutlari aynan shu xabarni yetkazishi lozim”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Yevropa Ittifoqini xalqaro normalarni buzishda va Xorijiy subsidiyalar to‘g‘risidagi reglament mexanizmi orqali Xitoy kompaniyalariga bosimni kuchaytirishda ayblagandi.
Live
Barchasi