Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi ikkinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29 sentyabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabr kuni Germaniya federal kansleri Olaf Shols O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi. Prezident Mirziyoyev Sholsni Registon maydonida kutib oldi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi va rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Olaf Shols bugun, 16 sentyabr kuni Samarqand shahrida ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mirziyoyev va Shols qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Kecha, 16 sentyabr kuni Shols Qozog‘istonga bordi. U yerda Prezident Qosim Jomart To‘qayev bilan tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar o‘tkazdi va qator kelishuvlar imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made