Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi haydalib, o‘rniga Qarshidan rahbar keladi
Jamiyat
−
04 mart 2020
9878Avvalroq, Mirishkor tumani hokimining haqoratli audiosi tarqalgani ortidan u mansub bo‘lgan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashiga saylangan vakillari uni o‘z lavozimiga noloyiq deb topgani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, hozirda Xalq deputatlari Mirishkor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tyapti. Unda tuman hokimi Baxtiyor Rajabovni lavozimdan olish masalasi hal qilinadi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Qudbiyev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Qarshi tumani hokimi G‘ayrat Turdiyevich Begaliyev Mirishkor tumaniga o‘tkazilishi kutilyapti. Qarshi tumaniga esa viloyat hokimining o‘rinbosari - xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mukaddas Olimxujayevna Mirsaidova rahbar etib tayinlanishi mumkin.
Avvalroq, Andijon viloyatining Asaka va Bo‘ston tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi