Qarşida Telegram orqali ekstremizmga çorlagan guruh foş etildi
3-sahifa
−
09:33 487 1 daqiqa
Qarşi şahrida yaşovçi 20 yoşli fuqaro Telegram messenjerida 13 kişidan iborat guruh tuzib, unda ekstremistik ğoyalarni tarğib qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2006 yilda tuğilgan fuqaro dastlab ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqimlar yollovçilarining ta’siriga tuşgan. Şundan söng, u Telegram messenjerida 1980–2007 yillar oraliğida tuğilgan 13 nafar a’zodan iborat virtual guruh taşkil etgan.
Guruhda radikal ğoyalar tarğib qilingan, şuningdek, “jihod” va “şahidlik”ka çorlovçi materiallar tarqatilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat respublika miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari xodimlari tomonidan aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan qonuniy çora köriş tadbirlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Oliy sudi internet jahon tarmoğidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan deb topilgan hamda Özbekiston Respublikasining hududiga olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etilişi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) röyxatini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr