Qarşidagi uyda gaz portladi (video)
3-sahifa
−
09:45 1086 1 daqiqa
Bugun, 22 noyabrga ötar keçasi Qarşi şahridagi xonadonlardan birida gaz portladi. Oqibatda ikki kişi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 00:28 da Qarşi şahri Batoş mahallasi hududida joylaşgan köp qavatli turar joy binosining 2-qavatidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgan.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro kuyiş tan jarohati bilan şifoxonaga murojaat qilgan.
Şuningdek, çaqnaş tufayli yonğin yuzaga kelgan va qutqaruvçilar tomonidan qisqa vaqtda öçirilgan.
Ayni paytda mas’ul idoralar tomonidan hodisaning kelib çiqiş sabablari va holatlarini aniqlaş yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar Uçtepa tumanida joylaşgan köp qavatli uylardan birida havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi oqibatida bir kişi jarohatlangandi.
Live
Barchasi