Qarşidagi uydan kelib çiqişi noma’lum 425 kg göşt topildi
O‘zbekiston
−
18:41 622 2 daqiqa
Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahridagi xonadonlardan biridan kelib çiqişi noma’lum bölgan 425 kilogramm göşt mahsuloti topildi. Dastlabki örganişda mahsulot iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, göşt mahsulotlari “Böston” mahallasidagi xonadonlardan birida aniqlangan. Ular belgilangan tartibda hujjatlaştirilib, iste’molga yaroqlilik darajasini aniqlaş uçun Qaşqadaryo viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boşqarmasi laboratoriyasiga topşirilgan.
Dastlabki tekşiruv natijasiga köra, xonadondan topilgan göşt iste’molga yaroqsiz deb baholangan. Hozirda mahsulot böyiça qöşimça laboratoriya ekspertizasi ötkazilişi kutilmoqda.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 maydagi 386-son qaroriga muvofiq, hayvonlarni göşt uçun söyiş faqat ixtisoslaştirilgan va mini söyiş korxonalarida, veterinariya-sanitariya talablariga rioya qilgan holda amalga oşirilişi lozim.
Söyilgan hayvon göşti veterinariya mutaxassislari tomonidan tekşirilib, uning iste’molga yaroqliligi böyiça xulosa rasmiylaştirilişi şart. Şuningdek, mahsulot haqidagi ma’lumotlar elektron axborot tizimiga kiritilişi va göşt bölaklariga QR-kodli yorliq yopiştirilişi kerak.
Göşt mahsulotlarini sotişda ham tegişli veterinariya hujjatlari va veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi bölişi, ular maxsus sovutkiçli rastalarda saqlanişi hamda belgilangan talablar asosida taşilişi şart.
Kelib çiqişi tasdiqlanmagan va veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan göşt mahsulotlarini sotiş taqiqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanidagi “Şörak” qişloğida yaşovçi fuqaro xonadonida noqonuniy kuşxona taşkil etib, bir neçta eşakni söygani va ularning göştini sotiş bilan şuğullangani aniqlangan edi.
Live
Barchasi