Saida Mirziyoyeva Qarşida avariya holatidagi boğça va eski maktabga bordi

Jamiyat

−

image

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişdik. Boğça avariya holatida, maktabda sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan. Bolalik esa kutib turmaydi – muammolarni keçiktirmasdan hal qiliş kerak”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirişiça, eski boğça örnida 360 örinli şinam, yangi maktabgaça ta’lim taşkiloti quriladi. Maktab binosi ta’mirlanib, zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod tögaraklari hamda alohida ehtiyojli bolalar uçun qulay şaroit yaratiladi.

“Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida öqiyotgan yoşlarning iştiyoqi, kelajakka işonçi meni behad quvontirdi. Farzandlarimiz boğçaga qöygan ilk qadamidan mustaqil hayotga kirib borguniga qadar munosib muhitda ta’lim-tarbiya olişi kerak”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Andijon viloyatida zudlik bilan e’tibor qaratilib, yangilanişi talab etilayotgan bir neçta ob’ektga borgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing