Saida Mirziyoyeva Andijonda zudlik bilan e’tibor qaratilishi talab etilayotgan ob’ektlarga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Andijon viloyatida zudlik bilan e’tibor qaratilib, yangilanishi talab etilayotgan bir nechta ob’ektga bordi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘makay” oilaviy poliklinikasini ko‘zdan kechirdik. Ushbu binodan 1988 yildan buyon foydalanib kelinmoqda, u bugungi kun standartlaridan ancha orqada qolgan”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari. 

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva viloyatdagi 9-sonli bog‘cha va 36-sonli maktabda ham bo‘lgan. Bog‘cha 1970 yillarda qurilgan oromgoh o‘rnida joylashgan. Maktab binosi undan ham eski – 1960 yilda barpo etilgan bo‘lib, sig‘imi o‘quvchilar soniga mos kelmaydi. Har ikki ob’ekt yangidan quriladi.

“Gap tibbiyot va ta’lim haqida ketar ekan, shifokor va o‘qituvchining ish joyi, yaratilgan sharoit, farzandini maktab yoki bog‘chaga kuzatayotgan ota-onaning ko‘ngli to‘q bo‘lishi – eng muhim, birinchi galdagi masaladir. Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak. Jarayonni tezlashtirish, aniq va sezilarli natija tez fursatda amalda ko‘rinishi lozim”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Buxorodagi nurab yotgan bog‘cha va poliklinikalarni ko‘zdan kechirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing