Markaziy Osiyo va Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirlari keskin vaziyat yuzasidan muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Preventiv diplomatiya markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirlarining virtual formatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash hamda siyosiy jarayonlarni rivojlantirishda afg‘on xalqining yetakchilik roli tamoyilini hurmat qilish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, xalqaro terrorizm tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan ushbu yo‘nalishda amaliy sa’y-harakatlarni ishlab chiqish muhimligiga e’tibor qaratilgan.

Ma’lum qilinishicha. tomonlar Afg‘oniston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish hamda kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Afg‘onistonga keng ko‘lamda ko‘maklashish, jumladan pandemiya davrida insonparvarlik yordamini ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham atroflicha fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandi. Komilov va Blinken o‘rtasidagi muhokama mavzusi ham Afg‘onistondagi vaziyat bo‘ldi. Shundan so‘ng, Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ham, asosan, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Toshkent shahriga siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajali muloqotida ishtirok etish uchun kelgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari Enrike Mora bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qozog'iston Tojikiston Qirg'iziston Turkmaniston

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing