Markaziy Osiyo rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik konsepsiyasini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, Prezidentlar quyidagi muhim hujjatlarni imzoladi:

  • Qirg‘iz Respublikasining 2027-2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zoligiga nomzodi yuzasidan BMTga a’zo davlatlarga murojaat;
  • Ozarbayjon Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror;
  • Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi;
  • Markaziy Osiyo xavfsizligiga xatarlarning katalogi va ularning oldini olish bo‘yicha 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan choralar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgani va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ham Toshkentga kelgan va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazgandi. Ular Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi va “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bugun, 16 noyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida bir qator tashabbuslarni ilgari surdi


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing