Ilk bor özbekistonlik ayol Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
Jamiyat
−
19:04 3343 2 daqiqa
Özbekiston va Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Özbekiston vakili Butunjahon fanlar akademiyasi rahbariyatidan joy oldi. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Şahlo Turdiqulova 2027–2028 yillar uçun Butunjahon fanlar akademiyasining (TWAS) Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Butunjahon fanlar akademiyasi 112 mamlakatning yetakçi tadqiqotçilarini, jumladan, Nobel mukofoti laureatlarini birlaştiradi. Akademiya 1983 yilda fizika böyiça Nobel mukofoti laureati Abdus Salom taşabbusi bilan taşkil etilgan. U rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fan taraqqiyotini qöllab-quvvatlaydi. TWAS YUNESKOning dasturiy bölinmasi hisoblanadi, boş qarorgohi esa Italiyaning Triyest şahrida joylaşgan.
Saylov natijalari akademiya a’zolarining ovoz berişi asosida aniqlangan. Şahlo Turdiqulova olti nafar vitse-prezidentdan biri sifatida 2027 yil 1 yanvardan öz vazifalarini bajarişga kirişadi. U 2025 yildan buyon Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi hisoblanadi. TWASning yangi Kengaşiga Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Xou Szyango rahbarlik qiladi.
Şahlo Turdiqulova Kengaş tarkibida akademiya faoliyatining strategik yönalişlarini belgilaş, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş jarayonlarida iştirok etadi. Uning saylanişi Markaziy Osiyoga TWAS’ning ilmiy kun tartibini şakllantirişda rahbariyat darajasida bevosita qatnaşiş imkonini beradi.
Şahlo Turdiqulovaning faoliyati
Biologiya fanlari doktori Şahlo Turdiqulova biotexnologiya, biokimyo va inson genetikasi sohalarida faoliyat yurituvçi olim, Ilğor texnologiyalar markazi direktori hisoblanadi. U doktorlik dissertatsiyasi ustida işlaş doirasida Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining (UCLA) membrana biologiyasi laboratoriyasida tadqiqotlar olib borgan.
2025 yilda Oksford universitetining taşkiliy yetakçilik böyiça diplomini – Postgraduate Diploma in Organisational Leadership’ni olgan.
Olimaning ilmiy faoliyati Markaziy Osiyo aholisi genetikasini örganiş va Özbekistonda biotexnologiyalarni rivojlantiriş bilan boğliq. Uning rahbarligida COVID-19’ni aniqlaş uçun ilk mahalliy PZR-test tizimi hamda Özbekiston va Xitoy hamkorligida ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi işlab çiqilgan. TWAS ilmiy tadqiqotlar uçun grantlar ajratadi, ilmiy kadrlar tayyorlaşga kömaklaşadi, tadqiqot markazlari örtasidagi almaşinuvlarni qöllab-quvvatlaydi va ilmiy diplomatiyani rivojlantiradi.
Şahlo Turdiqulovaning akademiya vitse-prezidenti etib saylanişi Özbekiston va Markaziy Osiyoning ilmiy taşabbuslarini xalqaro miqyosda ilgari suriş, tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş hamda mintaqa yoş olimlarining xalqaro dasturlarda iştirokini oşiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Live
Barchasi