Fidan Turkiya Yevropa va Markaziy Osiyoni boğlovçi transport markaziga aylanişi kerakligini aytdi

Olam

−

image

Turkiya Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan mamlakat Yevropa, Qora dengiz mintaqasi, Kavkaz va Markaziy Osiyo örtasidagi transport hamda savdo aloqalarini rivojlantirişda muhim strategik örin tutişini bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, Anqara bu borada mas’uliyatni öz zimmasiga olib, aniq yeçimlarni taklif qilişi va ularni amalga oşiriş taşabbuskori bölişi kerak. Bu haqda u keça, 16 noyabr kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi Taşqi işlar kengaşi doirasida ötkazilgan mintaqalararo xavfsizlik va özaro boğliqlik masalalari böyiça ikkinçi vazirlar uçraşuvidan söng söz oçdi.

Uning aytişiça, uçraşuvda Yevropa Ittifoqi, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari transport, energetika ta’minoti, savdo hamda ma’lumot uzatiş tizimlarini yanada samarali va uzluksiz yölga qöyiş masalalarini muhokama qilgan. Şuningdek, Hormuz va Bob al-Mandob böğozlari hamda Qora dengizdagi uruş va inqirozlar sabab yuzaga kelgan transport va savdo uzilişlaridan qanday xulosalar çiqariş mumkinligi körib çiqilgan.

Fidan Turkiya Yevropa, Qora dengiz mintaqasi, Kavkaz va Örta koridor orqali Markaziy Osiyo bilan boğlanişda muhim böğin ekanini ta’kidlagan. Vazir uçraşuv doirasida Ukraina, Germaniya, Litva, Daniya, Bolgariya, Ruminiya va Moldova vakillari bilan ham muzokaralar ötkazgan.

Şuningdek, Turkiya Qora dengiz orqali don mahsulotlarini jahon bozorlariga yetkazib berişni qayta yölga qöyiş böyiça Ukraina va Rossiya bilan diplomatik aloqalar olib borayotganini bildirgan.

Vazir Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarga ham töxtalgan. Uning fikriça, tomonlar örtasidagi asosiy kelişmovçiliklar, xususan, Donbass hududining maqomi hanuz hal etilmagan. Rossiya mintaqaning qolgan qismini ham öz hududi deb hisoblasa, Ukraina bu yerlarni öz yurtining bir qismi sifatida köradi va ulardan voz keçiş niyatida emas.

Fidan tinçlik kelişuviga erişiş uçun Rossiya va Ukraina örtasidagi ehtimoliy ajraliş çiziği, xavfsizlik kafolatlari hamda Yevropa va Rossiya örtasidagi kelgusi xavfsizlik arxitekturasi böyiça ham kelişuv zarurligini aytgan.

Uning bildirişiça, Turkiya uşbu masalalar böyiça tomonlarga turli yeçimlarni taklif qilmoqda. Biroq barça taraflarni qoniqtiradigan kelişuvga erişiş oson emas.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing