O‘zbekiston Qozog‘iston bilan nimalarga kelishdi?
Jamiyat
−
15 noyabr 6572 2 daqiqa
Bugun, 15 noyabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohidan o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev quyidagi hujjatlarni imzoladi:
-
Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududlari rahbarlari kengashini tuzish to‘g‘risidagi Oliy davlatlararo kengash qarori;
-
Geologiya, kamyob va nodir yer metallarini qazib olish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi Oliy davlatlararo kengash qarori;
-
Transchegaraviy daryolar suvliligini bashorat qilish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi Oliy davlatlararo kengash qarori.
Tashrif davomida yana bir qator hujjatlar imzolandi, jumladan:
- Transchegaraviy suv ob’ektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitim;
- Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitim;
- Chegaraoldi hududlarda yerusti radio xizmatlari tomonidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi bitim;
- Qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim;
- Qo‘shma investitsiya platformasini yaratish to‘g‘risidagi hadli bitim;
- 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
- Adliya vazirliklari o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum;
- O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va “Assambleya jastari” jamoat birlashmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
- Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Tibbiy sug‘urta jamg‘armalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlik bitimi;
- “O‘zbekneftgaz” va “Kazmunaygaz” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi.