Makron Putinga global muammo paydo bo‘layotganini aytdi

Olam

image

Rossiya Ukraina muzokaralarda beqarorligi va jiddiy natijalarga tayyormasligiga qaramay, muloqot uchun ochiq. Bu haqda bugun, 3 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

“Rossiya Prezidenti Ukraina vakillari bilan muzokaralar olib borishning prinsipial yondashuvlarini aytib o‘tdi va Kiyevning nomuvofiqligi va jiddiy ishlashni istamasligiga qaramay, Rossiya tomoni hali ham muloqotga ochiq ekanini ta’kidladi”, deyiladi Kreml xabarda.

Rossiya rahbari, shuningdek, fransuz yetakchisiga YeI davlatlari tomonidan Ukraina xavfsizlik kuchlari sodir etgan harbiy jinoyatlarga e’tibor bermayotganini aytib o‘tgan.

“Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Ukraina xavfsizlik kuchlarining harbiy jinoyatlariga e’tibor bermasligi, Donbassning shahar va aholi punktlarining ommaviy o‘qqa tutilishi, buning natijasida tinch aholi vakillari halok bo‘layotganiga e’tibor qaratildi”, deya ta’kidlagan Kreml.

Bundan tashqari, Putin va Makron global oziq-ovqat xavfsizligini ham muhokama qilgan. Fransiya tomoni global oziq-ovqat xvafsizligini ta’minlashda yuzaga kelgan muammo sabab xavotir bildirgan.

“Shu nuqtai nazardan, Vladimir Putin vaziyat birinchi navbatda G‘arb davlatlarining sanksiya choralari tufayli murakkablashganini ta’kidlab, global logistika va transport infratuzilmasining to‘siqsiz ishlashi muhimligini aytib o‘tgan”, deyiladi Kreml xabarida.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

40

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing