Lenin Ukrainaning me’mori va muallifi bo‘lgan – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sovet sotsialistik respublikalar ittifoqi (SSSR) asoschisi Vladimir Ilich Lenin Ukraina davlatini me’mori ekanini iddao qilmoqda. Bu haqda Putin kecha, 21 fevral kuni Rossiya fuqarolariga murojaatida aytib o‘tdi.

Putinning iddaosicha, Ukraina hech qachon o‘zining haqiqiy davlatchiligiga ega bo‘lmagan.

“Shuni ham tushunish kerakki, Ukraina aslida hech qachon o‘zining haqiqiy davlatchiligining barqaror an’analariga ega bo‘lmagan. 1991 yildan boshlab u ham tarixdan, ham Ukraina realligidan ajralgan xorijiy modellarni mexanik nusxalash yo‘liga o‘tdi”, degan Rossiya rahbari.

Putin Ukrainani Lenin qurganini, “dohiy” ushbu davlatning muallifi va me’mori ekanini qayd etgan.

“Bolsheviklar siyosati natijasida Sovet Ukrainasi paydo bo‘ldi, uni bugungi kunda ham haqli ravishda “Vladimir Ilich Lenin nomidagi Ukraina” deb atash mumkin, u uning muallifi va me’moridir, bu arxiv hujjatlari, shu jumladan Leninning Donbassni Ukrainaga tiqishtirish to‘g‘risidagi qattiq buyruqlari bilan tasdiqlangan”, degan Putin ruslarga murojaatida.

Avval xabar berganimizdek, kecha, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qariyb bir soat davom etgan murojaatidan so‘ng Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Dunyo davlatlari Putinning qarorini qoralab chiqdi va G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish arafasida. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini tutib turadigan davlat kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

463

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing