Koloniyadagi Navalniyning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

Olam

image

Koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan Aleksey Navalniy ochlikni tugatganidan so‘ng uning sog‘lig‘i tiklandi. Bu haqda Federal jazoni ijro etish xizmati direktori Aleksandr Kalashnikov ma’lum qilgan. 

“Hozirda qandaydir maxsus jarimalar, qonunbuzarliklar yo‘q”, deyilgan xabarda. 

Kalashnikovga ko‘ra, mahbus ochlikdan voz kechgan, hozirda uning vazni taxminan 82 kg. 

“Bu raqamlar haqiqiydir. U odatdagidek ovqatlanadi, oilasi bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega”, deya qo‘shimcha qilgan Kalashnikov. 

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Navalniy ochlikni tugatganini e’lon qilgandi. 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni davlat mablag‘i asosida o‘zi uchun saroy qurdirganini da’vo qilib chiqqan Navalniy Germaniyadan qaytgan zahoti aeroportda hibsga olinib, keyinchalik 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.  

Shundan so‘ng, uni vatanparvar muxolifatchi, deb bilgan omma namoyishlar uyushtirdi. Navalniy bir necha bor ochlik e’lon qildi, yaqinlari va advokatlari uning qamoqda qiynoqqa solinayotgani va sog‘lig‘i yomonlashganini aytib chiqdi.  

19 aprel kuni Navalniy koloniyadan mahkumlar uchun shifoxonaning statsionar bo‘limiga ko‘chirilishi ma’lum bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Naval'niy

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing