Kiyev muzokara uchun boshqa joyni taklif qildi. Moskva vaqt cho‘zilayotganidan xavotirda

Olam

image

Ukraina muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiya taklif qilganidek Minskni emas, Polsha poytaxti Varshavani ustun ko‘rmoqda. Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Kiyev shunday taklifni ilgari surib, aloqani uzib qo‘ygan.

“Qisqa pauzadan so‘ng ukrainaliklar Minsk g‘oyalarini qayta ko‘rib chiqayotganliklarini va endi Varshavaga bormoqchi ekanliklarini aytishdi, shundan so‘ng aloqani butunlay uzishdi, tanaffusga chiqishdi”, degan Kreml vakili jurnalistlarga.

Peskovga ko‘ra, Kiyevning muzokaralar bo‘yicha mulohazalaridagi uzilish, turar-joylarda, jumladan, Kiyevda bir qancha raketa tizimlarini jorlashtirish bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda.

Kreml vakili bu holat Rossiya uchun favqulodda xatarli ekanini yashirmagan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

211

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing