Kim Chen In Putinni KXDRga taklif qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning “qulay vaqtda” KXDRga tashrif buyurish taklifini qabul qildi. Bu haqda bugun, 14 sentyabr kuni Koreya davlat axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 13 sentyabr kuni Kim Chen In Rossiya Prezidenti bilan rasmiy tushlik paytida uni Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga taklif qilgan. Bungacha ular “Vostochniy” kosmodromini ko‘zdan kechirish chog‘ida muloqot qilgan, shundan so‘ng, avvaliga delegatsiyalar ishtirokida, so‘ngra yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazgan.

“Putin taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi hamda Rossiya va KXDR o‘rtasidagi do‘stlik tarixi va an’analarini so‘zsiz davom ettirish istagidaligini bildirdi”, deyiladi xabarda. 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Rossiya Prezidentining Pxenyanga ehtimoliy javob tashrifi haqidagi hozircha rejalari yo‘qligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 sentyabr kuni Kim Chen In Pxenyandan jo‘nab, Rossiyaga maxsus poyezdda yo‘l olgandi. Kecha, 12 sentyabr kuni Rossiyaga kelgan Kim Chen In Tabiat vaziri Aleksandr Kozlov va Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan muzokara o‘tkazdi. Bugun, 13 sentyabrda Shimoliy Koreya yetakchisi Prezident Putin bilan “Vostochniy” kosmodromida uchrashdi. Ular qisqa suhbatdan so‘ng kosmodromdagi ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi. Keyin esa davlat rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Kim Chen In sharafiga rasmiy tushlik uyushtirildi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing