Xersonning Rossiya tayinlagan rahbarlaridan biri o‘ldirildi

Olam

image

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Xerson viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbarining xavfsizlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Aleksey Katerinichev Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimidan (YARHT) berilgan nuqta zarbasi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni TASS agentligiga harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.

“Katerinichev HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimining maqsadli zarbasi natijasida vafot etdi. U turgan uyga ikkita raketa kelib tushgan”, deydi manba.

Bugun ertalab Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosi Aleksandr Malkevich, kecha kechqurun Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan Xerson markaziga raketa hujumi natijasida harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Katerinichev halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosining so‘zlariga ko‘ra, erkak bir yarim oy davomida rahbarning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Tayinlashdan oldin u 25 yil harbiy xizmatni chegara qo‘shinlarida va Rossiya FXX bo‘linmalarida o‘tkazgan. 2021 yildan “Lider” favqulodda xavfli qutqaruv ishlarini olib borish markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Katerinichevning yo‘q qilingani haqida hozircha ma’lumot bermagan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing