Qo‘lga olingan “avtoritet”lar, vazirlikka ko‘tarilgan hokim, “tonirovka” bo‘yicha ogohlantirish va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
20537Yakuniga yetayotgan 12 sentyabr sanasining eng muhim xabarlari bilan tanishing.
Poyezdda vafot etgan o‘zbekistonlik bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Avvalroq, Rossiyaning Astraxan viloyati “Oqsaroy” stansiyasida poyezddan 52 yoshli o‘zbekistonlik erkak jasadi topilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur xabarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati izoh berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 7 sentyabr kuni Rossiyaning Astraxan viloyat hududida harakatlanayotgan 323-sonli poyezdning 13-vagonida ketayotgan, joriy yil 5 sentyabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo‘lga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G ismli yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgan va tobi qochgan. Vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd “Oqsaroy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelganda yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan va vafot etgan.
2019 yil boshidan buyon 15 nafar “avtoritet” hibsga olingan
Shu yilning 10 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat politsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Armanbek Baymurzin Qozog‘istonda yil boshidan buyon 15 nafar “avtoritet” jinoiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.
Jeparov Ektor Kuperni ketishini xohlaydi
Kecha, 11 sentyabr kuni Toshkentning "Humo" hokkey jamoasi Rossiyaning "Ryazan" klubiga qarshi muzga chiqib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozongan ilk o‘yinni tomosha qilish uchun Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milli terma jamoasining sobiq a’zosi Server Jeparov ham muz saroyiga kelgan va bu haqda o‘zining Instagram'dagi sahifasiga post joyladi.
Toshkentda jinoiy guruh qo‘lga olindi
Joriy yilning 7 sentyabr kuni kechgi vaqtda Shayxontoxur tumanidagi “Charx Novza” mahallasida uch nafar shaxslari aniqlanmagan kimsalar to‘rt qavatli turar-joyning ikkinchi qavatidagi xonadondan ichida katta miqdorda pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketishgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor-tergov ishlari davomida jinoyatga aloqador kimsalarning shaxslarini aniqlangan. Ular avtomobil raqamlarini o‘zgartirganliklariga, niqob va qo‘lqoplar kiyganlariga qaramasdan qo‘lga olingan. Barchalari – muqaddam sudlangan shaxslar, to‘rt nafari esa bir necha bor jinoyatga tortilganlar qatoridan.
Rasman: Sergeli hokimi vazir bo‘ldi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lish uchun ko‘rsatilgan Nozim Husanov nomzodin ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Sergeli tumani hokimi Nozim Baxtiyorovich Husanov nomzodini Oliy Majlis Qonunchiligi deputatlar va Senat ma’qulladi. Shundan so‘ng Nozim Husanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi.
Mirziyoyev bilmaydigan, xohlamaydigan rahbarlar haqida gapirdi (video)
Kecha, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda Prezident tadbirkorlik sub’ektlariga imkoniyatlar yaratish haqida fikr bildirdi. “Har kuni izlanishdamiz, tadbirkorga qanday ko‘mak beraylik, tadbirkorga nima qilaylik? Tadbirkor emin-erkin, halol, pok, adolatli ishlasin. Hududlarda tadbirkorlik sohasida ishlatilmayotgan rezerv va imkoniyatlar hali juda ko‘p. Tadbirkorlikni rivojlantirish buyicha yangi tizim qanday ishlanishi kerakligini joylarda ko‘pchilik rahbarlar hali yaxshi bilmaydi, xohlamaydi, o‘zini qiynamaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Bino turibdi tadbirkorlik sub’ekti viloyatda, tumanda, mahallada bironta qurilgan bino ishlamasdan turmasligi kerak. Mana bu islohot qanday bo‘ladi unga pul ketgan”, dedi Davlat rahbari.
156 nafar o‘zbekistonlik Suriyadan qanday qutqarildi? “Mehr” operatsiyasi tafsilotlari ochiqlanadi (video)
O‘zbekiston tarixida o‘tkazilgan ilk gumanitar operatsiya – “Mehr” to‘g‘risida hujjatli film namoyish qilinadi.
Operatsiya ortida kim turgan edi? Shavkat Mirziyoyev uni ishlab chiqishga qachon buyruq bergandi? Bularning bari “Mehr” gumanitar operatsiyasi haqidagi hujjatli filmda aytib o‘tiladi. Ushbu filmda, televideniyeda birinchi marta “Al-Hol” maskanida tasvirga olingan tezkor kadrlarni ko‘rsatiladi. Fuqarolarning qaytarilishini tashkil etgan maxsus guruh rahbari bilan suhbat taqdim etiladi hamda ularning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beriladi.
DYHXX “tonirovka” masalasida haydovchilarni ogohlantirdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati “tonirovka” uchun to‘lovlar bir necha marotaba arzonlashtirilib, qulaylik yaratilganiga qaramay, mavjud tartiblarni buzayotgan haydovchilar uchratganini ma’lum qildi. Shu sababdanDYHXX haydovchilarni ogohlantirdi.
Prezidentning akasi Bolgariya va Ruminiyaga elchi bo‘ldi
Qirg‘iziston Respublikasining Jokorku Kengeshi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi Ukraina va Modovadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jusupbek Sharipovni Qirg‘izistonning Bolgariya va Ruminiyadagi elchisi etib tayinlashni ma’qulladi. Faoliyati davomida Sharipov Qirg‘izistonning Quvayt, Marokash, Iordaniya va Baxrayndagi elchisi lavozimlarida ham ishlagan.
Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.
Qarorga ko‘ra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga 7 yil муддатгақайta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan stavkada ssuda taриқасидаажратилади (hozirga qadar boshlang‘ich badal O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘liq to‘lab berilgan).
Navbahor XTB boshlig‘ining o‘lim tafsilotlari ma’lum qilindi
Avvalroq, shu yilning 6 sentyabr kuni Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari Madina Ataniyazova turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, 6 sentyabr kuni soat taxminan 20:20larda Madina Ataniyazova ishdan kelib, qiziga yangi kitob sovg‘a qiladi va egnidagi kiyimlarini almashtirish maqsadida yotoqxonasiga kiradi.
Eng xavfli rus qurollari nomi e’lon qilindi
S-400 "Triumf" havo mudofaa tizimi, "Bastion-P" qirg‘oqqa qarshi raketa tizimi va "Iskandar" operatsion-taktik kompleksi rus qurolining eng xavfli turi hisoblanadi, deb yozadi Buyuk Britaniyaning “Janes360” nashri Britaniya havo kuchlari boshlig‘ining potensial va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha yordamchisi Julian Ballning bayonotiga tayanib.
Atamboyev ishi: QSDPdan hujjatlar tortib olindi
Kecha, 11 sentyabr kuni Qirg‘iziston Harbiy prokuraturasi tergovchilari Qirg‘iziston sotsial demokratik partiyasi idorasiga kelib, partiya hujjatlarini tortib oldi. Siyosiy tashkilot raisining o‘rinbosari Kunduz Joldubayevaning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Oliy sudi vakillari hech qanday order taqdim etmagan.
Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi
Bugun, 12 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Shayx Abdulaziz Mansur (Mansurov Abdulaziz Dadajon o‘g‘li) 1944 yil Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.
Xonto‘rayevning raqibi ma’lum bo‘ldi
MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev katta tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytmoqda. "Osiyo ayig‘i" 22 sentyabr kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘zining professional jangini o‘tkazadi. Bugun rasman Xonto‘rayevning raqib ma’lum bo‘ldi. Murod rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Yevgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqadi.
Messi Ronalduning taklifini qabul qildi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq yillik raqobatdoshi Lionel Messi bilan tushlik qilishni xohlayotganini aytgan edi. Argentinalik futbolchi esa Ronaldu bilan yaqin do‘st emasligiga qaramay, uning taklifini qabul qildi.
LiveBarchasi