Qodirov istalgan G‘arb armiyasini yengish yo‘lini aytdi
Olam
−
24 Sentabr 2022
24616Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov huquq-tartibot idoralari xodimlarining yarmini “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashish uchun safarbar qilishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozgan.
Qodirovga ko‘ra, mamlakatda huquq-tartibot idoralari xodimlarining umumiy soni 5 millionga yaqin.
“Agar biz zaxiradagilarni tenglamadan chiqarib tashlasak ham, bizda yaxshi jismoniy tayyorgarlik va qurol-yarog‘dan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan juda ko‘p xodimlar mavjud: Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Federal sud ijrosi xizmati, Federal xavfsizlik xizmati, Federal qo‘riqlash xizmati, Tashqi razvedka xizmati, Federal jazoni ijro etish xizmati, Federalbojxona xizmati, prokuratura, Tergov qo‘mitasi. Huquqni muhofaza qilish va harbiy bo‘limlar bilan birgalikda bu sport me’yorlarini muntazam ravishda topshiradigan 5 millionga yaqin kishi. Agar siz xodimlarning 50 foizini ofisda qoldirsangiz, ularning ikkinchi yarmi 2,5 million kishi miqdorida har qanday G‘arb armiyasini yo‘q qiladi. Zaxira esa kerak bo‘lmaydi”, deb yozgan Qodirov.
Uning fikricha, ushbu bo‘limlar rahbarlari allaqachon ish jarayonini optimallashtirishni boshlashlari mumkin edi.
“Rossiya ulkan davlat va unda juda ko‘p resurslar borki, NATO va G‘arb hisoblashdan charchaydi, harbiy resurslar esa tasavvur qilgandan ham ko‘p”, deya qo‘shimcha qildi mintaqa rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga yuboriladi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi.
LiveBarchasi