Qirg‘izistonda koronavirus tufayli ayrim tovarlarni eksport qilish to‘xtatildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasida koronavirus tarqalishi munosabati bilan ayrim tovarlarning eksportiga taqiq qo‘yildi. Bu haqda Qirg‘izistonning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bosh shtabi ma’lum qildi.

“Bosh vazir Muhammedqali Abilgaziyev imzolagan farmonga binoan, olti oyga mamlakatdan ayrim turdagi tovarlarni olib chiqilishiga taqiq o‘rnatildi”, dedi bosh shtab vakili.

Farmonga ko‘ra, bug‘doy, bug‘doy uni, o‘simlik yog‘i, guruch, makaron, shakar, tovuq tuxumi, yodlangan tuz, chorva uchun ozuqa, salfetkalar, antibakterial va dezinfeksiyalash vositalari ekportiga taqiq qo‘yildi. Ushbu mahsulotlarni mamlakat hududidan olib chiqib ketishga uringan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq 14 ta holat aniqlandi. Virusga chalinganlarning ko‘pi Saudiya Arabistoni va Quvaytdan qaytgan mamlakat fuqarolari hisoblanadi. Joriy yilning 22 mart kuni ushbu mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etildi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, O‘zbekistonda tovarlar ekportiga hech qanday cheklovlar qo‘yilmadi. Faqatgina tibbiy niqob va kombinzonlarga ichki talab oshgani bois, ularni ekporti vaqtincha to‘xtatildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Eksport Qirg'iziston Koronavirus

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing