Qirg‘izistonda Kampirobodni himoya qilish qo‘mitasi tuzildi

Olam

image

Qirg‘izistonda Kampirobodni himoya qilish qo‘mitasi tuzildi. Bu haqda 24.kg agentligi uyushma a’zolariga tayanib xabar berdi

Ma’lum qilinishcha, Kampirobod mudofaa qo‘mitasi 2022 yil 15 oktyabrda O‘zgan shahrida bo‘lib o‘tgan qurultoyda qabul qilingan qaror asosida tuzilgan. Uyushma tarkibiga siyosatchilar va partiya a’zolari, faollar va manfaatdor fuqarolar kirgan. 

Qo‘mita tarkibidan quyidagilar o‘rin olgan: 

•    Qirg‘iziston Respublikasining Turkiyadagi sobiq Favqulodda va Muxtor Elchisi Mambetjunus Abilov;

•    parlamentning sobiq deputati Asiya Sasiqboyeva;

•    deputat Adaxan Madumarov; 

•    Konstitutsiyaviy sudning sobiq a’zosi Klara Sooronqulova;

•    deputat Isxaq Masaliyev;

•    Markaziy saylov komissiyasi sobiq a’zosi Gulnora Jo‘raboyeva;

•    maxsus xizmatlarning sobiq rahbari Keneshbek Duysheboyev;

•    o‘shlik faol Gulgaqiy Mamasaliyeva;

•    Qirg‘izistonning Malayziyadagi sobiq elchisi Azimbek Beknazarov;

•    sobiq deputat Erkingul Imanqo‘jo‘yeva;

•    siyosatchi Ravshan Jeyenbekov;

•    sobiq deputat Irg‘al Qodiraliyeva;

•    muvaqqat hukumatning sobiq a’zosi Bektur Asanov;

•    sobiq deputat Kubanichbek Qodirov;

•    huquq himoyachisi Rita Karasartova;

•    faol Jenish Moldokmatov;

•    fuqarolik faoli Perizat Suranova;

•    sobiq deputat Qanat Isayev;

•    Moliya politsiyasining sobiq rahbari Siymik Japikeyev;

•    sobiq deputat Orozayim Narmatova va boshqalar. 

Ta’kidlanganidek, qo‘mita yangi a’zolarni qabul qilish uchun ochiq. Ishtirokchilar ro‘yxati yangilanadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonga borib, chegara borasida kelishuvni boshlash to‘g‘risidagi bayonnomani imzolagandi.

6 oktyabr kuni, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘zaro chegaralarni kelishish davomida rasmiy Bishkek bahsli yerlarning 99 foizini olganini va o‘z yerlarini O‘zbekistonga bermaganini aytib chiqdi.

10 oktyabr kuni, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonga jami 19 ming gektardan ortiq yer olib, O‘zbekistonga esa Kampirobod suv ombori akvatoriyasidagi 4485 gektar yer berilishini ma’lum qilgandi. Suv omborini ikki davlat birgalikda boshqarishiga kelishilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston Kampirobod

Baholaganlar

413

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing