O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani kelishish to‘g‘risidagi qo‘shma protokolni imzoladi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro chegaralarni kelishish jarayonini boshlash imkonini beruvchi protokolni imzoladi. Bu haqda bugun, 26 sentyabr kuni Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma majlis bayonnomasini imzoladilar, bu esa qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasidagi ayrim uchastkalar bo‘yicha yangi Bitim loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, hujjatni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Kamchibek Tashiyev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov imzolagan.

Qayd etilishicha, 26 sentyabr kuni imzolangan protokol chegarani delimitatsiya qilish jarayonini yakunlash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing