“Seydiqum” nazorat-o‘tkazish punkti ochilishi kutilmoqda
Olam
−
23 iyun 2439 2 daqiqa
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida “Seydiqum” nazorat-o‘tkazish punktini ochish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Bosh shtab boshlig‘i Mirzamir Sidiqov bugun, 23 iyun kuni Jogorku Keneshning Xalqaro ishlar qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Deputat Oybek Oltinbekovning bildirishicha, bugungi kunda Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Seydiqum”dan tashqari barcha nazorat-o‘tkazish punktlari allaqachon ochilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uni ochish Bozorqo‘rg‘on tumani uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lardi.
Chegara xizmati rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Tomonlar nazorat-o‘tkazish punkti bo‘yicha kelishuvlarni muhokama qilmoqda, uning doirasida 18 iyun kuni Namanganda uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“O‘tkazish punkti to‘g‘risidagi bitimga, shu jumladan “Seydiqum” o‘tkazish punktiga o‘zgartirishlar kiritildi. Tez orada masala imzolash uchun kiritiladi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, “Seydiqum” nazorat-o‘tkazish punkti O‘zbekiston tomonidan Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hududida joylashgan, Qirg‘iziston tomonidan Jalolobod viloyatining Bozor-Qo‘rg‘on tumani hududiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi rasmiy bitimlarga ko‘ra, ushbu maskan "avtoyo‘l" (ikki tomonlama yoki yengillashtirilgan) o‘tkazish punkti hisoblanadi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasida jami 16 ta avtoyo‘l nazorat-o‘tkazish punkti mavjud. Ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni demarkatsiya qilish va o‘tkazish punktlari faoliyatini tiklab, kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ushbu maskanlar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda
Live
Barchasi