O‘zbekiston va Qirg‘iziston harbiy razvedka sohasida hamkorlik qiladi
Jamiyat
−
13:56 277 1 daqiqa
Bugun, 29 sentyabr kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujjat joriy yilning 30 iyul kuni Cho‘lpon-Otada imzolangan. Qaror bitimning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichidagi protseduralarni yakunlash maqsadida qabul qilingan.
Tashqi ishlar vazirligiga Qirg‘iziston tomoni zarur protseduralarni bajargani to‘g‘risida O‘zbekiston tomonini xabardor qilish topshirilgan.
Qarorda bitimda hamkorlikning qaysi aniq yo‘nalishlari, axborot almashish mexanizmlari va tomonlarning majburiyatlari ko‘zda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.
Hujjat 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga borgan edi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi.
Live
Barchasi