Qirg‘iziston Bosh vaziri karantinga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammedqali Abilgaziyev va delegatsiya a’zolari bo‘lgan 12 nafar rasmiy uy karantiniga olindi. Ular Respublikaning janubidagi koronavirus infeksiyasi tarqagan hududlarga tashrif buyurib qaytgan edi.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston poytaxtiga qaytib kelgan delegatsiya a’zolari, noqulay epidemiologik vaziyatga ega bo‘lgan mintaqadan kelgani sababli koronavirusni aniqlash testdan o‘tishdi. Ularning hech birida kasallik aniqlanmadi. Shunga qaramay, xavfni minimallashtirish uchun ular uch kun muddatga uy karantiniga yuborildi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda 21 mart kuni favqulodda holat e’lon qilingan. Poytaxt Bishkek shahrida esa 25 martdan komendantlik soati joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat 18 mart kuni aniqlangan edi. Hozirda mamlakatda 228 nafar odamda kasallik aniqlagan. Ularning 23 nafari sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bosh vazir Koronavirus Karantin

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing