Koronavirus Qirg‘izistonga ham kirib bordi
Olam
−
18 mart 2020
15234COVID-19 koronavirusi Qirg‘izistonga ham yetib bordi. Mamlakatdan birdan 3 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma’lum qildi, deya xabar bemoqda RIA Novosti.
“Uchta bemor aniqlandi. Ularning bari Jalol-obod viloyati Suzak tumanida yashaydi”, degan vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya yuqtirganlar yaqinda Saudiya Arabistonida bo‘lib qaytgan. Ular bilan bir reysda kelgan yetti kishi koronavirusga gumon qilingan. Resyda jami 135 kishi bo‘lgan.
Qirg‘iziston Markaziy Osiyoning koronavirus kirib borgan uchinchi mamlakati bo‘ldi. Bungacha virus Qozog‘iston va O‘zbekistonda aniqlangandi.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 198 426 nafarga yetdi. 198 426 kishidan 82 763 nafari davolangan, 7987 nafari vafot etgan. Foiz hisobida olganda yangi koronavirusning o‘limlilik darajasi 9 foizga teng.
LiveBarchasi